
"Bavariya" futbolchisi 255 ming evrolik avtomobilida avariyaga uchradi
"Bavariya" yarim himoyachisi Kingsli Koman avtoavariyaga uchradi. Bu haqda TZ.de xabar bermoqda.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi 23 dekabr kuni Germaniyada sodir bo‘ldi. Unga ko‘ra frantsiyalik futbolchi o‘zining 255 ming evrolik McLaren 720s rusumili superkarida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi to‘siqqa borib urilgan. Natijada avtomobilga jiddiy zarar etgan, ammo futbolchining o‘zi soppa-sog‘. Ushbu yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Komanga jarima ham solingan.
Ma’lumot uchun, Koman joriy mavsum “Bavariya” safida jami 9ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar