
"Bavariya" jahon chempioni bilan shartnoma imzoladi
Myunxenning "Bavariya" klubi "Shtutgart" himoyachisi Benjamen Pavarning transferini e’lon qildi.
“Bavariya” sport direktori Xasan Salixamijichning xabar berishicha 22 yoshli frnantsuz nemis grandi bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi. Ushbu transfer uchun “Bavariya” “Shtutgart”ga 35 mln evro to‘lagan.
Endi Pavar joriy yilning 1 yulida myunxenliklar safiga borib qo‘shiladi.
Ma’lumot uchun, Pavar “Shtutgart” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 76ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan. Frantsiya terma jamoasida esa 18ta o‘yinda ishtirok etib, 1ta gol urgan.
Fikrlar