"Bavariya" muxlislari uchun xushxabar

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik futbolchi kecha Germaniya Bundesligasi 22-turi doirasida "Augsburg"ga (3:2) qarshi uchrashuvda dubl qayd etgan edi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, Koman bugun kengaytirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tgan va jarohat jiddiy emas deb topilgan. Shu tariqa 22 yoshli futbolchi jamoasiga "Liverpul"ga qarshi kechadigan o‘yinida yordam berishi mumkin.

Ma’lumot uchun, EChL 1/8 finalidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Bavariya" qarama-qarshiligi 19 fevral kuni "Enfild"da, javob bahsi esa 16 mart kuni "Alyants-Arena"da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!