"Bavariya" prezidenti Bernat haqida keskin gaplar gapirdi
Myunxenning "Bavariya" klubi prezidenti Uli Xyoness yozda PSJga o‘tib ketgan himoyachi Xuan Bernat haqida gapirdi.
“Birinchidan, u muhim futbolchi emas edi. Ikkinchidan, esingizda bo‘lsa Bernat o‘tgan mavsum Chempionlar ligasida “Sevilya”ga qarshi bahsda o‘z qo‘llari bilan bizni musobaqadan chiqarib yuborgan edi. O‘shandayoq biz uni sotib yuborishni rejalashtirgandik”, - deydi Xyoness.

Fikrlar