"Bavariya" xavbeki noma’lum muddatga safdan chiqdi

  • 18.09.2018 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Leon Gorettska kutilmaganda mashg‘ulotlar paytida jarohat oldi.

Bild nashrining ma’lum qilishicha 23 yoshli germaniyalik futbolchi yosh jamoadoshi Maksim Avuja bilan bo‘lgan kurashda jarohat orttirgan.

Shundan  so‘ng Gorettska mashg‘ulot maydonini erta tark etgan. Uning qachon safga qaytishi esa bugun o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!