
"Bayer" Shvetsiya terma jamoasi xujumchisi bilan shartnoma imzoladi
"Anderlext" klubi xujumchisi Isaak Telin bir mavsum faoliyatini "Bayer"da davom ettiradi.
Nemis klubi Shvetsiya terma jamoasi a’zosini bir futbol yiliga ijaraga oldi. Bu haqida "Bayer" klubi rasmiy veb-sayti xabar bermoqda.
Avvalroq Moskvaning "Lokomotiv" klubi 26 yoshli xujumchi bilan og‘zaki kelishuvga erishgani haqida xabarlara tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Telin 2017 yilda "Bordo"dan "Anderlext" safiga qo‘shilgandi. O‘tgan mavsum "Vasland-Beveren"da ijara shartnoma bo‘yicha to‘p tepgan va 33 uchrashuvda maydonga tushib 19 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.
JCh-2018 doirasida Shvetsiya terma jamaosi safida 4 uchrashuvda 1 marta golli pasni o‘z nomiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar