"Bayer" etakchi futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
“Bayer” Leverkuzen yarim himoyachisi Leon Beyli klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi.
Unga ko‘ra 21 yoshli yamaykalik futbolchi “dorishunoslar” bilan 2023 yilga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekkan.
Eslatib o‘tish lozimki, Beyli “Bayer” safiga 2017 yil Belgiyaning “Genk” klubidan kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida nemis klubi safida jami 44ta rasmiy uchrashuvda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Qayd etish lozimki, ushbu futbolchiga yozgi transferlar davrida “Bavariya” va “Real” jiddiy qiziqish bildirishgan edi.

Fikrlar