Bektemir Meliqo‘ziev (81 kg) oltin medal bilan taqdirlandi

  • 6 may, 2017, 19:25
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final janglariga start berildi. Kunduzgi dasturdan o‘rin olgan final bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan 3 nafar bokschimizning barchasi g‘alaba qozondi va oltin medal bilan taqdirlandi.

Kechki dasturda O‘zbekiston terma jamoasidan 1 nafar bokschi final jangida ishtirok etdi. 81 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan qit’aning tengsiz bokschisi Bektemir Meliqo‘ziev oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Boks bo‘yicha Osiyo chempionati | 81 kg vazn toifasi

Oltin medal sohibi – Bektemir Meliqo‘ziev (O‘zbekiston)

Kumush medal sohibi – Erik Aljanov (Qozog‘iston)

Bronza medal sohibi – Jyabin Xuan (Xitoy)

Bronza medal sohibi – Nuryagdi Nuryadiev(Turkmaniston)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!