Bekzod Tursunboev raqibini birinchi raundda qulatdi

  • 10.09.2018 09:47
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Filippinda o‘tgan professional boks kechasida mamlakatimiz sharafini Bekzod Tursunboev munosib himoya qildi.

Bekzod o‘zining ikkinchi jangini filippinlik Ryan Maanoga qarshi o‘tkazdi. Ushbu bahsda yosh bokschimiz raqibini birinchi raundda texnik nokautga uchratdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada yana bir hamyurtimiz Ulug‘bek Sobirov ishtirok etib, o‘zining sakkizinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!