Belgiya terma jamoasi a’zosi o‘ziga jamoa qidirmoqda

  • 30.08.2018 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Angliyaning “Vest Bromvich” klubi yarim himoyachisi Nosir Shadli jamoasini o‘zgartirmoqchi.

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli belgiyalik futbolchi Evropada transfer derazasi yopilguniga qadar o‘ziga yangi jamoa topishni rejalashtirmoqda. Ta’kidlash kerakki, “Vest Bromvich” Chempionshipga ravona bo‘lgach Shadlining maoshi haftasiga 40 ming funtga kamayib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Vest Bromvich” Shadlini “Beshiktosh”ga ijaraga berishni istamagan edi. Ular tajribali futbolchini yaxshiroq mablag‘ evaziga to‘liq sotib yuborishni ko‘zlashmoqda.

Ma’lumot uchun, “Vest Bromvich” Shadlini bundan ikki yil muqaddam “Tottenxem”dan 18 million funt evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!