Benites "Liverpul" hujumchisini "Nyukasl"ga olib kelmoqchi

“Liverpul” klubi hujumchisi Divok Origi kelasi mavsumni “Nyukasl” safida o‘tkazishi mumkin, deya xabar beradi Liverpool Echo nashri.

“Qarg‘alar” rahbariyati belgiyaliklar futbolchini bir yilga ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Bu transferni jamoa bosh murabbiyi Rafael Benites xohlamoqda. “Nyukasl” o‘tgan yili ham Origini ijaraga olmoqchi bo‘lgan, biroq futbolchi “Volfsburg”ga ketishni afzal bilgan o‘shanda.

Origi “Liverpul” safiga 2014 yili “Lill”dan kelib qo‘shilgan. O‘tgan mavsumda 23 yoshli hujumchi Bundesligada 31 o‘yinda “Volfsburg” sharafini himoya qilib, 6 gol va 2 golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!