Benzema Frantsiyaga qaytishi mumkin
Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema PSJning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
The Sun nashrining yozishicha parijliklar 29 yoshli frantsiyalik futbolchini Edinson Kavaniga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda. O‘z navbatida “Real” yozda “Tottenxem” hujumchisi Xarri Keynni sotib olsa, Benzema jamoani tark etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Benzema joriy mavsum La Liganing 21ta uchrashuvida maydonga tushgan va raqiblari darvozasiga 6ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar