
Benzema endi "Real"ning 4-vitse sardori(foto)
Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema jamoaning to‘rtinchi vitse-sardori bo‘ldi. Pepe "qaymoqranglilar" safini tark etgach, frantsiyalik forvard to‘rtinchi sardorga aylandi.
Yangi mavsumda jamoa sardori Serxio Ramosdir. U yo‘q bo‘lgan paytda esa Marselo sardorlik qiladi. Krishtianu Ronaldu esa uchinchi sardor sanaladi. Benzema yuqorida nomi tilga olingan uch futbolchi bo‘lmagan vaqtda jamoaga sardorlik qilishi mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Benzema 2009 yildan buyon "Real" sharafini himoya qilib keladi.
Fikrlar