Berluskoni yangi jamoasini kuchaytirish payida

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy qishda mazkur klub 14 futbolchiga javob berib yubordi va 16 nafar yangi futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi.

"Biz "Montsa"ning professional futbolda qolishiga yordam bergan mazkur futbolchilarning xizmatlari uchun tashakkur izhor etamiz. Ammo endi jamoa darajasini o‘stirmoqchimiz. Biz B Seriyaga chiqish uchun kurash olib bora olib borishimiz mumkin. Bizning asosiy vazifamiz qolgan uchrashuvlarda ko‘plab ochkolarga ega bo‘lish", - dedi Galliani.

Ma’lumot uchun, "Montsa" ayni vaqtda Italiyada nufuzi jihatidan uchinchi o‘rinda turuvchi liganing V guruhida ishtirok etmoqda va ortda qolgan  23 turdan so‘ng 33 ochko bilan turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. Lider "Pordenone" hisobida esa 46 ochko mavjud.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoaga Silvio Berluskonining  Fininvest kompaniyasi egalik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!