Bernand Xopkins Golovkinning mag‘lubiyatiga shubha qilmayapti
18 mart kuni Nyu-Yorkda o‘rta vazn toifasining WBA (Super), WBC va IBF chempionlik kamarlari sohibi qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin amerikalik Deniel Jeykobsga qarshi ringga ko‘tariladi. Sobiq jahon chempioni Bernard Xopkinsning so‘zlariga ko‘ra, Jeykobs bo‘lajak jangda g‘alaba qozonib, muxlislarni hayratga soladi.
– Bizni katta sensatsiya kutib turibdi deb o‘ylayman, – deydi Xopkins. – Denni og‘ir jangda ochkolar bo‘yicha zafar quchadi, ammo Sergey Kovalev va Andre Uord o‘rtasidagi bo‘lgani kabi tortishuvlarga sabab bo‘lmaydi. Men shunchaki, Jeykobsning barchasiga tayyor ekanligini aytmoqchiman.

– Qog‘ozda esa Golovkin favorit hisoblanadi. U ajoyib ketma-ket nokautli seriyalarga ega, ammo boshqalarda bo‘lgani singari kamchiliklar har kimda bor. U etarli darajada tajribaga ega. Shunday bo‘lsada, qaysi zarba muhim ekanligini bilishi kerak.

Fikrlar