“Beshiktosh” Pepeni "boy" qilishi ma’lum bo‘ldi

  • 5 iyul, 2017, 20:47
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

 

Bundan bir muddat ilgari Madridning “Real” klubi himoyachisi Pepe Turkiyaning “Beshiktosh” jamoasi safiga o‘tgani haqida ma’lumot bergan edik.

Turk klubi transferning moliyaviy tomonlarini oshkor etdi. Unga ko‘ra, Pepe “Beshiktosh” safidagi ikki yil davomida 9,5 mln evro maosh oladi.

Bundan tashqari, portugaliyalik futbolchi yangi jamoasi safida o‘tkazgan har bir o‘yini uchun 4 ming evro miqdoridagi bonusga ega chiqadi.

Ma’lumot uchun, Pepe 2007 yildan buyon “qirollik klubi” safida to‘p surib kelmoqda va jamoa safida 300 ga yaqin o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!