Bilasizmi? 2017 yil Ronaldu "Milan"ga o‘tishi mumkin edi

  • 20.11.2018 21:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" klubi sobiq bosh direktori Marko Fassone “rossonerilar” 2017 yil Krishtianu Ronalduni xarid qilishi mumkin bo‘lgani haqida aytib o‘tdi.

“Janob Li ("Milan"ning sobiq xo‘jayini Yonxong Li) Ronalduni “Milan”da ko‘rishni xohlagandi. U bu orqali xitoy bozoriga katta ta’sir o‘tkazishni reja qilgan.

Ronaldu o‘shanda ham “Real”dan ketishni xohlagandi va biz 2017 yilning yozida uning agenti bilan uchrashganmiz. Biz transfer narxini ham muhokama qilganmiz. Lekin, shundan so‘ng men Lini Ronalduni sotib olish fikrdan qaytarganman, chunki, uning transferi juda ham qimmat edi”, - deydi Fassone.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli portugaliyalik futbolchi joriy yoz 117 mln evro evaziga “Yuventus”ga ko‘chib o‘tdi. Uning Turindagi yillik maoshi 30 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!