
Bilasizmi: AGMK futbolchilari 305 daqiqadan buyon yubiley gollarini kirita olishmayapti
Kecha Pepsi Superligada 10-tur o‘yinlari davom ettirildi. Olmaliqning AGMK klubi o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni qabul qildi.
Qiziqarli va qo‘polliklarga boy tarzda kechgan qarama-qarshilikda nursiz durang qayd etildi – 0:0.
Shu tariqa, AGMKning yubiley 400-goli kamida yana bir turga “kechikdi”. Gap shundaki, olmaliqliklar bugungi kunga qadar O‘zbekiston chempionati doirasida 399 ta gol kiritishgan.
So‘nggi bor Viktor Kumikov shogirdlari 19 aprel sanasida “Buxoro” bilan kechgan o‘yinda gol kiritishgan edi.
Biroq shundan so‘ng o‘tkazilgan ketma-ket 3 o‘yinning birortasida AGMK futbolchilari raqib darvozasini ishg‘ol etolmayaptilar. Buni daqiqalar hisobida tahlil etadigan bo‘lsak, “konchilar” jami 305 daqiqadan buyon to‘p kirita olishmayapti.
Fikrlar