Bilasizmi? KXDR 1980 yildan buyon Osiyo kubogida birorta o‘yinda g‘alaba qozona olmayapti

Musobaqaning uch karra g‘olibi - Saudiya Arabistoni terma jamoasi ilk turda KXDRga qarshi bahs olib bordi va raqiblari darvozasiga javobsiz 4 ta to‘p kiritishga erishdi.

Shu tariqa, Shimoliy koreyaliklarning Osiyo kuboklaridagi g‘alabasiz seriyasi davom etdi. KXDR termasi qit’a birinchiligida qatorasiga 12-o‘yindirki, g‘alaba nima ekanligini bilmay kelishmoqda.

Ular so‘nggi bor 1980 yil Quvaytda o‘tgan Osiyo kubogining guruh bosqichi doirasida Yamanni 2:1 hisobida mag‘lub etishning uddasidan chiqishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!