
Bilasizmi? "Mannaya kasha" doping qatoriga kiritilgan
Sportda so‘nggi yillarda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, qabul qilinayotgan yangidan yangi qoidalar qiziq. Turfa yangiliklar, g‘aroyib qarorlar qabul qilinayotgani kishini hayratga soladi.
Ko‘pchilikning xabari yo‘qdir, lekin bizning hududda ko‘p iste’mol qilinadigan "mannaya kasha", ya’ni manna krupasidan tayyorlanadigan bo‘tqa WADA tomonidan ta’qiqlangan ozuqalar qatoriga kiritilgan. Xalqaro antidoping agentligi bunga izoh berar ekan, bo‘tqa tarkibida insonning jismoniy holatini sun’iy ravishda ko‘tarib beradigan moddalar borligi aytib o‘tilgan. Shunday ekan professional sport bilan shug‘ullanuvchi katta va yosh sportchilarimiz bunday bo‘tqani tanavvul qila olishmaydi.
Fikrlar