
Bilasizmi? "Monako" Anri kelgach top-5 chempionatlarida eng ko‘p mag‘lubiyatga uchradi
Xabaringiz bor “Monako” Frantsiya chempionatining 19-turida o‘z maydonida “Gengam”ga (2:0) imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa monakoliklar Terri Anri bosh murabbiylikka tayinlanganidan buyon 9-mag‘lubiyatini qabul qilib olishdi. E’tiborlisi, bu 13 oktyabrdan buyon Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida qayd etilgan eng yomon natija bo‘ldi. Boisi, top-5 chempionatlarida ishtirok etayotgan hech bir jamoa ushbu vaqt mobaynida bu qadar ko‘p mag‘lub bo‘lmadi.
Eslatib o‘tamiz, “Monako” chempionatning o‘tgan 19ta turidan so‘ng musobaqa jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar