Bilasizmi? "Real" yozda Asensioni 180 mln evroga sotishni xohlamagan
Madridning "Real" klubi vingeri Marko Asensio o‘tgan yoz "Liverpul"ga ko‘chib o‘tishi mumkin edi. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra mersisaydliklar 22 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun “qirollik klubi”ga naqd 180 mln evro taklif qilishgan. Biroq, yakunda Krishtianu Ronaldudan ayrilib qolgan “Real” Asensioni sotmaslikka qaror qilgan va “Liverpul”ning ushbu taklifiga rad javobini bergan.
Ma’lumot uchun, Asensio joriy mavsum “Real” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida madridliklar safida jami 60ta o‘yinda maydonga tushib raqiblari darvozasiga 10ta gol urishga erishgan.

Fikrlar