Bilasizmi? Ronaldu o‘zining EChLdagi eng tezkor golini Buffon darvozasiga urdi

  • 4 aprel, 2018, 00:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu UEFA Chempionlar ligasi chorak final bosqichi doirasida “Yuventus” darvozasiga gol urishga erishdi.

Tecno

E’tiborlisi, ushbu gol 33 yoshli portugaliyalik futbolchining ushbu musobaqadagi eng tezkor goli bo‘lib tarixga kirdi. Aniqrog‘i, Ronalduning Janluiji Buffon darvozasini ishg‘ol etishi uchun bor yo‘g‘i 2 daqiqayu 47 soniya vaqt kifoya qildi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U faoliyati davomida ushbu turnirda 117 bor gol kiritishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!