
Bir klubda 10 yildan ortiq to‘p surgan futbolchilar ramziy terma jamoasi (FOTO)
Dunyoga mashhur Bleacher Report nashri Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida bir jamoada 10 yildan ko‘proq muddatdan buyon to‘p surib kelayotgan futbolchilar ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra ushbu ramziy terma jamoaga quyidagi futbolchilar kiritildi:
Xulian Speroni ("Kristal Pelas", 2004 yildan buyon), Serxio Ramos ("Real", 2005 yildan buyon), Jerar Pike ("Barselona", 2008 yildan buyon), Vensan Kompani ("Manchester Siti", 2008 yildan buyon), Marselo ("Real", 2007 yildan buyon), Daniele De Rossi ("Roma", 2002 yildan buyon), Serxio Buskets ("Barselona", 2008 yildan buyon), Aaron Remzi ("Arsenal", 2008 yildan buyon), Frank Riberi("Bavariya", 2007 yildan buyon), Lionel Messi ("Barselona", 2003 yildan buyon), Marek Xamshik("Napoli", 2007 yildan buyon).
Fikrlar