Bir qator chavandozlarga imtiyozli tarzda o‘qish uchun seritfikatlar topshirildi

CHERY AUTO

O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi tomonidan bir qator yoshlarga imtiyozli tarzda oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun sertifikatlar topshirildi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati SPORTS.uz saytiga ma’lum qildi.

Tecno

Federatsiya matbuot xizmati ma’lumotida keltirilishicha, bu yil baxtlilar qatorida Andijon viloyatidan Aslbek Nematjanov, Timurbek Ahmedov va Otabek Abdurasulovlar Andijon davlat universtiteti talabasiga aylanishgan bo‘lsa, Toshkent shahridan Nuris Avloqulov, Ubaydullo Fozilxo‘jaev va Alyona Zorkinalar Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetiga qabul qilinishdi. Shuningdek, Sardor Turgunbaev O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti talabasiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!