
"Boka Xuniors" bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi
Argentinaning "Boka Xuniors" klubi prezienti Daniel Anxelisi jamoa bosh murabbiyi Gilermo Skelottoning iste’foga chiqarlganini e’lon qildi.
“Bizning Skelottoga hurmatimiz baland, ammo yangi yilni yangi murabbiy bilan boshlaganimiz ma’qul”, - deydi Anxelisi.
Eslatib o‘tamiz, “Boka Xuniors” yaqinda Libertadores kubogi finalida “River Pleyt”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Ma’lumot uchun, 45 yoshli mutaxassis “Boka Xuniors”ni 2016 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi.
Fikrlar