U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston — Janubiy Koreya uchrashuvida ishlaydigan hakamlar bilan tanishing

  • 11.01.2026 14:24
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistonida U-23 terma jamoalari oʻrtasida Osiyo kubogi oʻtkazilmoqda. Mazkur musobaqada Oʻzbekiston U-21 terma jamoasi "C" guruhidan joy olgan boʻlib, 3-turda guruh peshqadami Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bellashuvni Omanlik hakam boshchiligidagi brigada boshqarib boradi.

Bosh hakam: Qasim Matar Ali Al-Hatmi (Oman)
Yordamchi hakamlar: Nasser Salim Abdullah Ambusaidi (Oman), Cao Yi (Xitoy)
Toʻrtinchi hakam: Fu Ming (Xitoy)
VAR hakam: Muhammad Taqi Aljaafari Bin Jahari (Singapur)
AVAR hakam: Jin Jingyuan (Xitoy)
Zaxira hakam: Yamagishi Sachiko (Yaponiya)

Maʼlumot uchun, uchrashuv 13 yanvar kuni soat 16:30 da start oladi. Ikkinchi turda Ravshan Haydarov shogirdlari Eron bilan durang oʻyadi. Yigitlarimiz hozirda 4 ochko bilan turnir jadvalida 2- oʻrinni egalab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!