"Boka Xuniors" himoyachisi Evropaning mashhur klubi bilan shartnoma imzoladi

  • 03.01.2019 13:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Amsterdamning "Ayaks" klubi o‘zining himoya chizig‘ini "Boka Xuniors" himoyachisi Lisandro Magalyan bilan kuchaytirdi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra gollandiyaliklar 25 yoshli argentinalik futbolchi bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolashgan. Buning evaziga esa "Boka Xuniors"ga 9,5 mln evro to‘lashgan.

Ma’lumot uchun, Magalyan joriy mavsum "Boka" safida jami 8ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!