"Boka Xuniors" rahbariyati "River Pleyt"ga texnik mag‘lubiyat yozilishini talab qilishmoqchi
"Boka Xuniors" klubi Libertadores kubogi finalidagi raqibi "River Pleyt"ga texnik mag‘lubiyat yozilishini talab qilishmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra "Boka Xuniors" rahbariyati bu masala yuzasidan huquqshunosga murojaat qilishgan. KONMEBOL reglamentining 8-moddasiga ko‘ra stadion atrofida sodir bo‘lgan voqealar uchun mezbon jamoa jazolanishi kerak.
Eslatib o‘tish lozimki, kecha uchrashuv boshlanishidan avval "River Pleyt" muxlislari "Boka Xuniors" jamoasi a’zolari o‘tirgan avtobusga hujum qilishgan edi. Natijada esa avtobus ichidagi ayrim futbolchilari jiddiy jarohat olishgandi. Shundan so‘ng "Boka Xuniors" futbolchilari garchi FIFA prezidenti Janni Infantinoning iltimosiga qaramay maydonga chiqishdan bosh tortishgan edi.
Fikrlar