
Boks. Isroil Madrimov (75 kg) oltin medal bilan taqdirlandi
"O‘zbekiston” sport majmuasiga yig‘ilgan boks ixlosmandlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining 75 kg vazn toifasida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan bokschilarni taqdirlash marosimini guvohi bo‘lishdi.
Ushbu vazn toifasida o‘zining qoyilmaqom zarbalari bilan har bir raqibini qiyin ahvolga solib qo‘ya olgan Isroil Abduraimov final jangida ham mardonavor tarzda jang qilib oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Boks bo‘yicha Osiyo chempionati | 75 kg vazn toifasi
Oltin medal sohibi – Isroil Madrimov (O‘zbekiston)
Kumush medal sohibi – Dong Yun Li (Janubiy Koreya)
Bronza medal sohibi – Krishan Vikas (Hindiston)
Bronza medal sohibi – Abilxan Amankul (Qozog‘iston)
Fikrlar