Boks bo‘yicha Nukusdagi musobaqada g‘olib o‘smirlar aniqlandi

  • 16.11.2016 18:24
  • 0
  • Boks

Nukus shahrida boks bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi kubogi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. 1999-2000 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida bahslarda 70 nafar bokschilar g‘oliblik uchun ringga ko‘tarildilar. G‘olib va sovrindorlar 11 vazn toifasida bellashdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra  Sultonbek Tilepboev, Ilhom Jumaboev, Og‘abek Davlatboev, Rasul Turaniyozov, G‘aniboy Yo‘ldoshev, Davlatmurod Tojiddinov, Nurfayyoz Karliboev, Onalboy Qurbonniyozov, Islom Nurniyozov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!