Boks bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar termasi Sankt-Peterburgdagi JCh-2016da ishtirok etadi

  • 10.11.2016 05:25
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

17−26 noyabr kunlari Sankt-Peterburgda (Rossiya) boks bo‘yicha V yoshlar jahon chempionati (AIBA Youth World Boxing Championships) bo‘lib o‘tadi.

«Bo‘lg‘usi chempionlar shu erda tug‘iladi» shiori ostidagi turnirda 75 mamlakat — Evropadan 33, Osiyodan 20, Shimoliy va Janubiy Amerikadan 11, Afrikadan 9 va Okeaniyadan 2 davlatning 417 sportchisi ishtirok etadi. Eng ko‘p sportchilar birinchi o‘rta vazn (64 kg gacha) toifasida bellashadi.

Mazkur musobaqalarda O‘zbekiston termasi to‘liq tarkibda ishtirok etadi: Nurjan Serikov (49 kg gacha), Otabek Xolmatov (52 kg gacha), Shunqor Abdurasulov (56 kg gacha), Bilolbek Mirzarahimov (60 kg gacha), Abu Nuranov (64 kg gacha), Ulug‘bek Sobirov (69 kg gacha), Shoxruzbek Rustamov (75 kg gacha), Sanjar Tursunov (81 kg gacha), Shoxruz Rahimov (91 kg gacha), Abdulla Xudorganov (+91 kg).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!