Bokschilarimiz Osiyo chempionatida tengsiz ekanliklarini isbotlashdi (Reyting)
Toshkent shahridagi «O‘zbekiston» sport majmuasida 30 apreldan start olgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionati bugun o‘z nihoyasiga etdi. Terma jamoamiz bilan birgalikda 27 mamlakatdan tashrif buyurgan 169 nafar bokschi ishtirok etgan qit’a birinchiligida o‘zbek bokschilari yaqqol peshqadamlik qilishdi.
To‘liq tarkib bilan qatnashgan Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi chempionat yakunida 9 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Qo‘shni mamlakatdan tashrif buyurgan qozog‘istonlik bokschilar esa 1 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Kuchli uchlikni ikki mamlakat vakillari yakunlab berishgan. Hindiston hamda Mo‘g‘ulistondan tashrif buyurgan charm qo‘lqop ustalari ikkitadan kumush, ikkitadan bronza medallari bilan taqdirlandi.
Boks bo‘yicha Osiyo chempionati | Medallarning sifati bo‘yicha ishtirokchi mamlakatlar reytingi
|
O‘rni |
Terma jamoa |
Oltin |
Kumush |
Bronza |
Jami |
|
1 |
O‘zbekiston |
9 |
9 |
||
|
2 |
Qozog‘iston |
1 |
3 |
4 |
8 |
|
3 |
Hindiston |
2 |
2 |
4 |
|
|
3 |
Mo‘g‘uliston |
2 |
2 |
4 |
|
|
5 |
Janubiy Koreya |
2 |
1 |
3 |
|
|
6 |
Xitoy |
1 |
2 |
3 |
|
|
7 |
Filippin |
2 |
2 |
||
|
7 |
Suriya |
2 |
2 |
||
|
9 |
Eron |
1 |
1 |
||
|
9 |
Iordaniya |
1 |
1 |
||
|
9 |
Qirg‘iziston |
1 |
1 |
||
|
9 |
Tojikiston |
1 |
1 |
||
|
9 |
Turkmaniston |
1 |
1 |
||
|
Jami |
10 |
10 |
20 |
40 |
Fikrlar