Bokschilarimiz Rossiyada 10ta oltin medalni qo‘lga kiritdi
Rossiyaning Yaroslavl shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnirda bokschilarimiz 10 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Xalqaro turnirda mezbon bokschilaridan tashqari O‘zbekiston, Belarus, Qozog‘iston, Ukraina kelgan charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun o‘n vazn toifasida ringga ko‘tarildi.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasiz a’zolaridan 48kgda Ahmadjon Ahmedov, 50 kgda Koblanbay To‘raboev, 52 kgda Farxod Eshmahametov, 54 kgda Ruslan Abdullaev, 57 kgda Asadbek Abduraimov, 60 kgda Farruhbek Xasanov, 63 kgda Login Petrov, 66 kgda Nurislom Isomilov, 70 kgda Jahongir Zokirov, 75 kgda Shoxjahon Abdullaev barcha raqiblarini engib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.


Shuningdek, terma jamoamiz umum jamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Nurislom Ismoilov musobaqaning eng yaxshi bokschisi deya e’tirof etildi.



Fikrlar