Bokschilarimiz xalqaro turnirni muvaffaqiyatli boshladi
Qozog‘istonning Aktau shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida qozoq boks maktabi asoschisi Shokir Bultekul xotirasiga bag‘ishlangan X xalqaro musobaqasini vakillarimiz muvaffaqiyatli boshladi.
56 kg vazn toifasida 56 kg Otabek Xolmatov ilk jangini mezbonlar vakili Sag‘indiq Muldashevga qarshi o‘tkazib, g‘alaba bilan yakunlagan bo‘lsa, Murodjon Axmadaliev (60 kg) Meyirbolat Toitovni (Qozog‘iston), Elnur Abduraimov (64 kg) Nurlixat Otepberganovni (Qozog‘iston), Mahmud Gaipov (69 kg) Ilias Odinaevni (Belarus), Isroil Madrimov (75 kg) Ismoil Xuseynovni (Ozarboyjon), Madiyar Saidrahimov (81 kg) Amir Nalgievni (Qozog‘iston), Sanjar Tursunov (91 kg) Nikoloz Begedzeni (Gruziya) va 91 kgda Bahodir Jalolov Nurbolat Sermaxanovni (Qozog‘iston) mag‘lub etishning uddasidan chiqishdi va keyingi bosqichga yo‘l olishdi.

Fikrlar