Boku-2017: Finalga chiqa olmagan Rafalovich Ozarbayjon prezidenti tomonidan taqdirlandi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Islom birdamlik o‘yinlarining 5- kuni o‘zining hal qiluvchi pallasiga yaqinlashmoqda.
Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan erkaklar o‘ratasidagi -80 kilogramm vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida g‘oliblar nomi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Maksim Rafalovich yarim final bosqichi turkiyalik Yunus Sariga imkoniyatni boy berib, bronza medali sohibiga aylandi.
Ushbu bellashuvlarda oltin medal ozarbayojonlik Beygi Xarcheganiga nasib etgan bo‘lsa, Turkiya vaikli kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Qayd etish joiz, Maksim Rafalovichni bronza medali bilan Ozarbayjon prezidenti Ilxom Alievning o‘zi takdirladi.

Fikrlar