Boku-2017: Ozarbayjonning eng kuchli sportchisi Nigora Tursunqulovani mag‘lub etdi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamlik o‘yinlarining 5 kuni dasturidan o‘rin olgan taekvondo bahslarida davstlabki medalchi nomi ma’lum bo‘ldi.
Xususan, musobaqaning -67 kilogramm vazn toifasidagi qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda bosqichida hamyurtimiz Nigora Tursunqulova bronza medali sohibasiga aylandi.
Sportchimiz yarim final bosqichida ozarbayjonlik Farida Azizova bilan bahslashib, 3:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida, Farida Azizova Ozarbayjon tarixida Jahon chempionatlarida medal sohibasiga aylangan ilk sportchi hisoblanadi.

Fikrlar