Bonuchchi "Yuventus"ga qaytish uchun maoshining kamayishiga ham rozi

  • 01.08.2018 17:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Milan” himoyachisi Leonardo Bonuchchi yana “Yuventus”ga qaytishni istamoqda va buning uchun maoshining kamayishiga ham rozi.

Aytish lozimki, 31 yoshli futbolchi “rossonerilar” safiga bundan roppa-rosa 1 yil muqaddam aynan Turin super klubidan kelib qo‘shilgan edi. Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Bonuchchi yana “Yuve”ga qaytish istagini bildira boshlagan.

Ta’kidlash kerakki, Bonuchchining “Milan”dagi maoshi yiliga 7,5 mln evroni tashkil etadi. Biroq, u “Yuventus”da 5,5 mln evro maosh olishga ham rozi.

Ma’lumot uchun, Bonuchchi o‘tgan mavsum “Milan” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 2ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!