"Borussiya" Dortmund yozda qaysi futbolchilarni sotib oladi?

  • 21.02.2019 13:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Borussiya” Dortmund klubi yozgi transferlar davrida amalga oshiradigan 3 nafar transferini ma’lum qildi.

Sport Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra dortmundliklar mavsumlar oralig‘idagi transferlar davrida "Augsburg" himoyachisi Filipp Maks, "Verder" yarim himoyachisi Maksimilian Eggeshtayn va "RB Leyptsig" hujumchisi Timo Vernerlar joy olishgan.

Ta’kidlash kerakki Maks va Eggeshtaynlarning transferi 20 million evrodan baholanmoqda. Vernerning bahosi esa 65 million evroga tengligi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Maks joriy mavsum 23ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, 25ta o‘yinga tushgan 22 yoshli Eggeshtayn hisobida 6ta gol va 2ta assist bor. 22 yoshli Verner esa 25ta o‘yinda ishtirok etib raqiblari darvozasiga 13ta gol urdi va jamoasining 3ta goliga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!