
Bu qiziq. Buffon Ronalduning 9ta zarbasidan so‘ng o‘z darvozasidan 8ta to‘p olib chiqqan
Turinning "Yuventus" klubi darvozaboni Janluiji Buffon “Real”ga qarshi bugungi o‘yindan so‘ng “qirollik klubi” forvardi Krishtianu Ronaldu bilan judayam yoqimsiz ko‘rsatgichni qayd etdi.
Gap shundaki, 40 yoshli italiyalik posbon 33 yoshli portugaliyalik futbolchining yo‘llagan 9ta zarbasidan so‘ng o‘z darvozasidan 8 marta to‘p olib chiqishga majbur bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ronaldu o‘zining EChLdagi eng tezkor golini ham ayna Buffon darvozasiga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar