
Buffon: Ispaniyani yutishimizga va’da berolmayman
Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon bugun JCh-2018 saralashi doirasida Ispaniyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan muhim o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Ushbu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki (1:1) bahs bugungi uchrashuvga ta’sir o‘tkazmaydi. Oradan bir necha oylar o‘tdi va ko‘p narsalar o‘zgardi. Ushbu o‘zgarishlar bizga katta yodam bera oladimi yoki yana o‘zgarishlarni amalga oshirishda davom etishimiz kerakmi? Biz aynan shuni bilmoqchimiz.
Umid qilamanki, bugun ajoyib o‘yin bo‘ladi. Italiya terma jamoasi chiroyli futbol namoyish etishiga ishonaman, ammo g‘alabaga va’da bera olmayman”, - deydi Buffon Football Italia nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya hamda Italiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.
Fikrlar