
Buffon: PSJga pul uchun o‘tmaganman
PSJ darvozaboni Janluiji Buffon ayrim insonlarning uni pul uchun Parij klubiga ko‘chib o‘tdi degan fikrlariga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Xasad doim bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘ladi, chunki bu odamlarning tabiatida bor. Mening birinchi qoidam esa boshqalarning xulosa va fikrlariga e’tibor bermaslikdir.
Men hech qachon o‘z orzularimni pulga sotmaganman. Agar shuni xohlaganimda buni ancha avvalroq qilgan bo‘lardim.
Pul ham muhim, chunki ular sizning yaxshi yashashingizni ta’minlaydi. Ammo men otilmayman”, - deydi italiyalik posbon.
Eslatib o‘tamiz, Buffon PSJga o‘tgan yoz "Yuventus"dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar