Bugun Bundesligada "nemis klasikosi" bo‘ladi

  • 10 noyabr, 2018, 10:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Germaniya Bundesligasida mavsumning eng markaziy uchrashuvlaridan biri bo‘lib o‘tadi. Aniqrog‘i, shu kuni "Signal Iduna Park" stadionida “Borussiya” Dortmund va “Bavariya” o‘zaro kuch sinashishadi.

Tecno

Ushbu o‘yinni berlinlik referi Manuel Grefe boshqarib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi.

Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:

- Ushbu jamoalarning so‘nggi 10ta bahsida 7 marta myunxenliklarning qo‘li baland kelgan. Dortmund klubi esa faqat 1ta o‘yinda zafar quchgan.

- “Bavariya” hamda “Borussi” jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan oxirgi 4ta bahsda dortmundliklar o‘z darvozalaridan 15ta to‘p o‘tkazib yuborishgan va myunxenliklar darvozasini bor yo‘g‘i 6 marta ishg‘ol etishgan.

- “Bavariya” Bundesliganing mehmondagi so‘nggi 8ta bahsidan 7tasida g‘olib bo‘lgan.

- “Borussiya” Dortmund o‘z maydonida o‘tgan oxirgi 8ta bahsdan 8tasida raqiblari darvozasiga o‘rtacha 3ta gol urishga erishgan.

"Borussiya" Dortmund – "Bavariya" Myunxen

Stadion: "Signal Iduna Park" (Dortmund)

Boshlanish vaqti: 22:30

Bosh hakam: Manuel Grefe (Berlin)

Taxminiy tarkiblar:

"Borussiya": Byurki – Piщek, Akandji, Zagadu, Xakimi – Vitsel, Deleyni – Sancho, Roys, Gerreyro – Alkaser.

"Bavariya": Noyer – Kimmix, Zyule, Xummels, Alaba – Martines, Myuller, Xames – Gnabri, Riberi, Levandovski.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!