
Bugun Neymar va PSJning yana 5 nafar futbolchisi "Amen"ga qarshi o‘ynamaydi
PSJning olti nafar futbolchisi bugun Frantsiya chempionatining “Amen”ga qarshi bahsini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra Kolen Dagba, Layvin Kurzava hamda Dani Alveslar jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirishayotgan bo‘lishsa, Tomas Mene, Tiago Silva hamda Neymarga parijliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘tkazilgan FIFA kunlaridan so‘ng biroz dam berib, ularni joriy hafta “Napoli”ga qarshi EChL bahsiga saqlab qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ - "Amen" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Fikrlar