
Bugun Pepsi Superligada qaysi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi?
Kecha 3 ta o‘yin bilan Pepsi Superligasining 18-tur o‘yinlari start olgan edi. Natijalar bilan ham saytimiz orqali tanishtirgan edik.
Bugun ham tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Dastlab Jizzaxda "So‘g‘diyona" - "Lokomotiv" o‘yini boshlanadi.
Soat 20:00 da esa "Neftchi" - "Qizilqum" qarama-qarshiligi start oladi.
Turning so‘nggi bellashuvi esa Toshkentdagi "Milliy" stadionida kechadi. Unda mahalliy "Bunyodkor" klubi Namanganning "Navbahor" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar