Bugun Superliganing qaysi o‘yinlari jonli namoyish etiladi?

  • 02.08.2018 10:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor kecha Superliganing 20-tur uchrashuvlariga start berilgan edi. Bugun esa ushbu turdan o‘rin olgan yana 3ta bahs bo‘lib o‘tadi.

Jumladan, “Neftchi” Farg‘onada “Navbahor”ni qabul qiladi, “Buxoro” esa o‘z maydonida “Metallurg” qarshiligini sindirishga urinib ko‘radi. Shuningdek, “Qo‘qon-1912” klubi Toshkentda “Bunyodkor” mehmoni bo‘ladi.

Teletomoshabinlar e’tiboriga esa “Neftchi” — “Navbahor” (19:00) hamda “Bunyodkor” — “Qo‘qon-1912” (21:00) klublari o‘rtasidagi uchrashuvlar Sport telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!