Bugun futbol! Yoshartirilgan O‘zbekiston MTJ Eronga qarshi bahslashadi

  • 19 may, 2018, 11:27
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Bugun, 19 may kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tehrondagi «Ozodiy» stadionida Eron terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

Karlush Keyrush jamoasiga qarshi kechadigan o‘yinda terma jamoamiz legionerlar xizmatidan foydalanmaydi. Tehronga faqat milliy chempionatimizda to‘p surayotgan yosh futbolchilar olib ketilgan. Quyida ular bilan tanishing: 

Darvozabonlar:
Ergashev Umidjon – «Nasaf» 
Ergashev Botirali – «Navbaxor» 
Davronov Rahimjon – «Mash’al»

Himoyachilar:
Ashurmatov Rustamjon – «Bunyodkor» 
Qobilov Islomjon – «Bunyodkor»
Komilov Akramjon – «Bunyodkor»
Tursunov Doston – «Neftchi» 
Alijonov Hojiakbar – «Paxtakor»
Otaxonov Abbosjon – «Metallurg»
Narzullaev Doniyor – «Nasaf»

Yarim himoyachilar:
Hamrobekov Odiljon – «Nasaf»
G‘aniev Azizjon – «Nasaf»
Sidiqov Javohir – «Qo‘qon 1912» 
Turg‘unboev Azizbek – «Navbahor» 
Yaxshiboev Jasur – «Paxtakor»
Masharipov Jaloliddin – «Paxtakor»
Kenjaboev Islom – «Nasaf» 
G‘iyosov Xurshid – «Bunyodkor» 
Sobirxo‘jaev Sardor – «Bunyodkor»

Hujumchilar:
O‘rinboev Zabihillo – «Metallurg» 
Sidorov Andrey – «Qizilqum»

JCh-2018 ishtirokchisi hisoblangan Eronga qarshi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:15 da boshlanadi. O‘yin “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!