Bugun katta jang
Bugun AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arena majmuasida tashkil etiladigan professional boks kechasida o‘nta jang o‘tkaziladi.
Kechaning markaziy jangi professional boks muxlislari va mutaxassislari e’tiborida turgan uchta yo‘nalish bo‘yicha chempionlik kamari uchun o‘tkaziladigan rossiyaoik Sergey Kovalyov va amerikalik Andre Uord o‘rtasidagi to‘qnashuvdir.
Professional boksda o‘ttiztadan jangda zafar quchgan bu ikki engilmas bokschi rossiyalik charm qo‘lqop ustasiga tegishli bo‘lgan yarim og‘ir vazndagi WBA (Super), WBO hamda IBF chempionlik kamarlari uchun ringga chiqadi.
Yana uchta jangda bokschilar turli yo‘nalishlar bo‘yicha mintaqaviy chempionlik janglarida qatnashadi. Unda ukrainalik engilmas bokschi Aleksandr Gvozdik malavilik Isaak Chilemba bilan raqobatlashadi. Shuningdek, amerikalik bokschilar Maurisi Xuker va Kurtis Stivens o‘z vazn toifalarida kolumbiyalik Darley Peres hamda meksikalik Jeyms de la Rosaga qarshi ringga chiqadi.
Professional boks muxlislari ushbu boks kechasidagi yana bir jangda ikki engilmas bokschining bahsiga guvoh bo‘ladi. Unda o‘zbekistonlik Botirsher Obidov Rossiya vakili Bahrom Murtazaliev bilan bellashadi. Har ikki bokschi oltitadan jangni o‘z foydasiga hal qilgan. Hamyurtimiz hisobida bitta durang ham bor.
Qolgan janglarda Vinsent Jennings (AQSh) - Teylor MakKriri (AQSh),Bris Ritani Koe (AQSh) - Darmani Rok (AQSh), Anri Bekford (AQSh) - Meyrim Nursultonov (Qozog‘iston), Gabriel Duruts (AQSh) - Sonni Fredrikson juftliklari ringga ko‘tariladi. Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi jangda amerikaliklar - Klarissa Shilds va Frankon Kryuz o‘zaro kuch sinashadi.
Bo‘lajak muhim jangda o‘zbek bokschisiga omad tilaymiz!

Fikrlar