Bundesliga. “Borussiya D” autsayderni enga olmadi
Germaniya chempionati 22-turida “Borussiya D” jamoasi safarda turnir jadvalining quyi qismida borayotgan “Nyurnberg” futbolchilariga qarshi maydonga tushdi.
Kurashlarga boy kechgan bellashuvda tomonlar nursiz durangga imzo chekishdi. Dortmundliklarning mazkur o‘yindan keyin “Bavariya” bilan oradagi farq 3 ochkogacha qisqardi.
Nyurnberg – Borussiya D 0:0 (0:0, 0:0)
Nyurnberg – Mateniya, Valentini, Myul, Everton, Lyaybold, Petrak, Kubo (Palasios-Martines, 85), Leven (Bauer, 77), Berens, Mateus Pereyra, Zrelyak (Isxak, 66).
Borussiya D – Byurki, Volf, Vaygl, Zagadu, Diallo, Dileyni (Bruun Larsen, 80), Vittsel, Sancho, Filipp (Pako Alkaser, 63), Gerreyru, Gettse.
Ogohlantirishlar: Mateniya (88), Vittsel (89).

Fikrlar