"Bunyodkor"ning sobiq ustozi "Boka Xuniors"ni boshqarishi mumkin

  • 15.12.2018 14:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan avvalroq bosh murabbiyini iste’foga chiqargan "Boka Xuniors" klubi ushbu lavozimga braziliyalik afsonaviy murabbiy Luis Felipe Skolarini olib kelmoqchi. Bu haqda Ole nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra Argentina klubi 70 yoshli murabbiyni olib kelish masalasini jiddiy o‘rganib chiqmoqda. Aytish kerakki, Skolari ayni damda Braziliyaning "Palmeyras" klubi bosh murabbiyi hisoblanadi. Ushbu klub bu mavsum uning boshqaruvida mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Skolari 2009-2010 yillarda Toshkentning “Bunyodkor” klubida faolit olib borgan. 2002 yil uning boshqaruvidagi Braziliya terma jamoasi mundialda zafar quchgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!